So'nggi bir hafta ichida dunyoda koronavirus infektsiyasidan o'lganlar soni 21 foizga oshdi

    Bu haqda Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti xabar bermoqda.

    19-25 iyul` kunlari dunyo bo'ylab koronavirusdan 69 mingdan ortiq o'lim qayd etildi. Bu 12 iyuldan 18 iyulgacha bo'lgan davrga nisbatan 12 mingtaga ko'pdir. O'limning aksariyati Shimoliy va Janubiy Amerikada, shuningdek Janubi-Sharqiy Osiyoda qayd etilgan. JSST ta'kidlaganidek, so'nggi bir hafta ichida Evropadan tashqari hamma joyda koronavirusdan o'lim darajasi ortgan.

    Tashkilot ma'lumotlariga ko'ra o'tgan haftada dunyo bo'ylab har kuni 540 mingga yaqin COVID-19 infeksiyasi aniqlangan. Undan oldingi haftada esa bu ko'rsatkich 490 mingni tashkil etgan edi.

    Dunyo bo'ylab pandemiya davrida koronavirus infeksiyasining 195,3 milliondan ortiq holati aniqlandi va yuqumli kasallik oqibatida 4,1 million nafarga yaqin kishi hayotdan ko'z yumdi.