Soʻnggi bir hafta ichida dunyoda koronavirusdan oʻlim holati 11 foizga oshdi

    Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti so'nggi bir hafta ichida koronavirus infektsiyasidan o'lim soni ko'payganini xabar qildi.

    JSST hisobotiga koʻra, soʻnggi bir hafta ichida dunyoda COVID-19 dan oʻlim holati 11 foizga oshgan.

    Jahon miqyosida COVID-19 bilan kasallanganlarning soni oltinchi haftadirki oʻsib bormoqda, soʻnggi haftada 4 milliondan ortiq yangi holat qayd etilgan. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotiga koʻra, vafot etganlar soni ham oʻtgan haftaga nisbatan 11 foizga oshdi, 71 mingdan ortiq oʻlim qayd etildi.

    Taʼkidlanishicha, kasallanishning eng katta oʻsishi Janubi-Sharqiy Osiyoda, ayniqsa Hindistonda, shuningdek Tinch okeanining gʻarbiy mintaqasida kuzatilgan.