– Joriy yil yanvar-noyabr oylarida “Tez yordam”ga yurtimiz bo‘yicha jami 12 million 330 ming 509 ta chaqiriq kelib tushdi, – deydi Respublika tez tibbiy yordam markazi direktori Abduvoitjon Gafurov. – Shundan jami 817 ming 132 nafar katta yoshli, 310 ming 274 nafar kichik yoshli bemorlar shifoxonalarga gospitalizatsiya qilindi.

Eng ko‘p murojaatlar:

- Farg‘ona viloyatida — 1 336 301 ta;

- Andijon viloyatida — 1 244 119 ta;

- Toshkent shahrida — 1 244 015 ta;

- Toshkent viloyatida — 1 183 787 ta;

- Namangan viloyatida — 1 145 109 ta qayd etilgan.

Eng kam chaqiriq Navoiy (380 977 ta ), Sirdaryo (451 261 ta) va Jizzax (499 042 ta) viloyatlarida kuzatilgan.

 Ma’lumot uchun, o‘tgan 2022-yil yanvar-noyabr oylarida tez tibbiy yordam xizmatiga jami 11 million 735 ming 450 ta murojaat kelib tushgan edi.