Baxtsiz hodisalarning 90 foizi qashshoq va kambag'al davlatlar hissasiga to'g'ri keladi. Cho'kish oqibatida vafot etganlarning asosiy qismi 1-4 va 5-9 yoshdagi bolalardir.
Vaziyatni xavotirli deb baholagan JSST fojialarning oldini olish uchun amaliy harakatlar qilish, birinchi navbatda bog'cha yoshidagi bolalarga suzishni o'rgatishni tavsiya qilgan. Bu maqsadda sarflangan bir dollar o'n karra yuqori daromad keltiradi. eng asosiysi, yuz minglab o'lim va baxtsiz hodisalarning oldi olinadi, deb hisoblaydi xalqaro tashkilot.
«Samarali profilaktik chora-tadbirlar, tizimga ko'proq mablag' ajratish va aholi xabardorligini oshirish ko'plab insonlar hayotini saqlab qolish imkonini beradi», – deydi JSST bosh direktori Tedros Adxanom Gebreyesus.
Qayd etilishicha, Bangladesh, Janubiy Afrika Respublikasi, Tayland, V`etnam kabi davlatlar cho'kishning oldini olish bo'yicha jiddiy choralar ko'rmoqda. Xalqaro tuzilma boshqa davlatlarni ham ushbu muammoga e'tibor qaratishga undamoqda.
Joriy yil may oyida JSST ilk bor cho'kishlarning oldini olishga doir rezolyutsiya qabul qildi. Ushbu hujjatga ko'ra, bu bo'yicha global ittifoq tuziladi.