So'nggi o'n yillik tarixdagi eng issiq davr bo'ldi

    Butunjahon meteorologiya tashkiloti ekspertlari so'nggi o'n yillik (2011 — 2020-yilgacha bo'lgan davr) tarixdagi eng issiq davr bo'lganini ma'lum qildi. Rekord haroratlar quruqlikda ham, okeanda ham kuzatildi.

    O'n yillikdagi o'rtacha harorat sanoatdan oldingi darajadan Selsiy bo'yicha 1,10 darajaga oshdi. Issiqlik natijasida sayyoramizning qutbli va baland tog'li hududlarida muz qoplamining tez erishi kuzatilmoqda.

    Butunjahon meteorologiya tashkiloti ekspertlari 1990-yillardan boshlab har o'n yillikda avvalgisidan ko'ra issiqroq bo'lganini ta'kidlashdi. Insoniyat hozirda “muzliklarni qutqarish poygasida yutqazmoqda”.

    2016 va 2020-yillar o'tgan o'n yillikdagi eng issiq yillar bo'ldi. 2015-yildan 2020-yilgacha olti yil ketma-ket issiq keldi. Olimlar haroratning pasayishi bilan bog'liq holat kuzatilmayotganini ta'kidlashdi.

    Qurg'oqchilik, issiqlik to'lqinlari, toshqinlar va tropik siklonlar kabi ekstremal ob-havo hodisalari xavfi ham ortib bormoqda, deb xabar beradi mir24.tv.