So‘ngi besh oy ichida O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida savdo aylanmasi salkam yarim baravarga o‘sdi

    Xalqaro hamkorlik 29 Iyul 2021 540

    O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida savdo aylanmasi besh oy ichida 1,5 milliard dollarni yoki umumiy ekvivalentda 46 foizni tashkil etdi, deb xabar beradi Qozog‘iston bosh vaziri matbuot xizmati.

    Bu haqda O‘zbekiston transoprt vaziri Ilxom Maxkamovning Qozog‘iston Bosh vaziri Askar Mamin bilan uchrashuvida ma'lum bo‘ldi. Muzokaralarda tomonlar tranzit-transport sohasidagi hamkorlikning rivojlanish istiqbollarini muhokama etdilar. Xususan, yuk tashish hajmini oshirish, temir yo‘l va avtomobil transportini rivojlantirish, yirik qo‘shma infratuzilma loyihalarini amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.

    «Qozog‘iston va O‘zbekiston tomonlari o‘zaro savdo hajmini oshirish uchun transoprt-logistika salohiyatini oshirish choaralarini ko‘ryapti. 2021-yil yanvar-may oylarida savdo aylanmasi 46 foizga oshgan va 1,5 milliard dollarni tashkil etgan», — deyiladi xabarda.

    Shuningdek, Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasida yuk tashishning barcha turlari bo‘yicha ko‘rsatkich o‘sgani ta’kidlandi.

    2021-yilning I choragida konteynerli yuk tashishlar 233,9 mingacha oshgan. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan mamlakatlar o‘rtasidagi YFE (yigirma futli ekvivalent) 57 foizga o‘sgan. Avtomobil transporida yuk tashish hajmi joriy yilnig olti oyida 18 foizga oshib, 1,3 million tonnani tashkil etgan.

    Undan tashqari tomonlar 29-iyuldan Aktobe va Nukus o‘rtasida aviaqatnovni ochishga kelishib oldilar. Samolyotlar haftada ikki marta uchishni boshlaydi. Tadbir so‘ngida vazirlar yangi «Darvoza — Maxtaaral» temir yo‘li va «Turkiston — Shimkent — Toshkent» tezyurar magistralini qurish rejalarini ham muhokama qildilar, deb xabar beradi Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi Ijroiya qo‘mitasi.