Eslatib o‘tamiz, ayni paytda yurtimizda koronavirus aniqlanganlar soni 2 189 nafarni tashkil qilib, sog‘ayganlar esa 1 405 nafarga yetdi. Vafot etganlardan tashqari, hozirda 774 nafar bemor davolanmoqda. 

Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, mamlakatimizda qatorasiga so‘nggi 14 kun davomida COVID-19 infeksiyasidan sog‘ayganlar soni kasallanganlar sonidan ko‘p bo‘lgan, faqat o‘ninchi kuni ikki holat ham tenglashgan, deb xabar beradi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.