Bu haqda Bosh konsulxona xabar berdi.
Keltirilishicha, Turkiya va Oʻzbekiston Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirlar natijasida qoʻlga olingan.
U 2013–2015-yillarda Bangkok shahrida fohishaxona tashkil etib, vatandosh ayollarni yuqori daromadli ish vaʼdasi bilan aldab, Qozogʻiston orqali Tailandga olib borib fohishalik qilishga majburlagan jinoiy guruh tarkibida faol ishtirok etganlikda ayblangan.
Mazkur shaxsning noqonuniy xatti-harakatlaridan jabrlangan fuqarolar Oʻzbekiston Ichki ishlar vazirligi yoki uning quyi tizimlariga, shuningdek, Istanbuldagi Bosh konsulxonaga murojaat qilishga chaqirildi.