Sony o‘z nomini o‘zgartirmoqda

    Raqamlashtirish 2 Iyul 2020 2176

    Sony kompaniyasi keyingi yil birinchi apreldan boshlab o‘z nomini Sony Groupga rasmiy o‘zgartiradi. Kompaniya vakillari ta’kidlaganidek, bu yapon korporatsiya uchun yangi davri boshlanishini ramziy belgilaydi.

    Nomini o‘zgartirishdan asosiy maqsad - auditoriyada kompaniya to‘g‘risida yangi obraz yaratish. Kompaniya elektronikadan tashqari boshqa mahsulotlarni ham ishlab chiqarmoqda. Bu ham o‘z navbatida yangi investorlarni jalb qilishga yordam beradi.

    Kompaniyaning yana bir maqsadlaridan biri - boshqarish tizimini qayta qo‘rib chiqish va xorijiy investorlar tomonidan egalik qilayotgan Sony Financial Holdings kompaniyaning 35% aksiyalarini sotib qaytarish. Shunday qilib moliyaviy xizmatlar Sony Group uchun asosiy moliyaviy manbalaridan biriga aylantirishni maqsad qilgan.

    Sony kompaniyasi nomini 1958 yilda uning asoschisi Akio Morita tomonidan xalqaro bozorga chiqish maqsadida yaratilgan.