Sotuvchi ayol oʻzini yoqmoqchi boʻldi

    Ijtimoiy tarmoqlardagi «Sotuvchi oʻzini yoqib yubormoqchi boʻldi» nomi ostida video xabarlar tarqaldi.

    Holat boʻyicha Chirchiq shahar hokimligi rasmiy munosabat bildirdi.

    Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Chirchiq shahar IIB TQX TQKG xodimlari tomonidan olib borilgan surishtiruv ishlari davomida, videoyozuvdagi 1978-yil 4-mayda Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanida tugʻilgan shaxs M.K shu yilning taxminan 10-iyun kunlari savdo qoidalarini buzayotganligi sababli Chirchiq shahar DSI xodimlari tomonidan berilgan ogohlantirishlariga nisbatan oʻzining norozilik harakatlarini shu kabi namoyishlar orqali bildirishga uringan.

    Shu yilning 28-iyun kuni mazkur shaxs M.K qayta ogohlantirishlarga qaramay, Bozor hududida emas balki sotuv uchun belgilanmagan joyda noqonuniy savdo qilayotgan vaqtda «Ishchi guruh» tomonidan М.Кга tushuntirish ishlari olib borilgan. Ushbu jarayonda fuqaro M.K «Ishchi guruh» xodimlariga provokatsiya koʻrinishidagi salbiy xatti-harakatlarni yuzaga keltirishga uringan.

    Holat yuzasidan hozirda fuqaro М.Кга nisbatan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, qoʻshimcha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Mahlumot oʻrnida, fuqaro M.K muqaddam Oʻzbekiston Respublikasining MJtKning 41,47,52,183 moddalari bilan 3-marotaba jazolangan.