Oʻzbekiston Oliy sudida mustabid sovet tuzumi davrida qatagʻon qurboni boʻlgan va hozirgi kunga qadar oqlanmagan shaxslarga oid jinoyat ishlari apellyatsiya tartibida Oliy sudning jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatining ochiq sud majlisida koʻrib chiqildi.
Qayd etilishicha, Jinoyat-protsessual kodeksining 83-moddasiga asosan jami 4 ta jinoyat ishi boʻyicha sovet davrida qatagʻon qurboni boʻlgan va hozirgi kunga qadar oqlanmagan 173 nafar shaxsga nisbatan Oliy sudning Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati apellyatsiya instansiyasining oqlov hukmi chiqarildi.