Antitsiklonning kuchayishi natijasida atmosfera bosimi koʻtarilib, havo harorati pasaygan, tuman va zarrachalarning havoda toʻplanishi esa ifloslanish xavfini oshirgan.
24–28-noyabr kunlari Toshkent shahri va viloyatida ifloslanish manbalarini bartaraf etish boʻyicha keng koʻlamli reydlar oʻtkazildi. Natijalar:
Issiqxonalar:
- 1 449 ta issiqxona oʻrganildi
- 67 tasi toʻxtatildi
- 403 shaxsga bayonnoma rasmiylashtirildi
- 19 xoʻjalikka gazga ulanish boʻyicha shart berildi
Qurilish obyektlari:
- 53 ta noqonuniy qurilish aniqlangan
- 34 tasi vaqtincha toʻxtatilgan
- Ifloslanish boʻyicha 186 ta holat qayd etilib, 188 shaxs javobgarlikka tortilgan
- 51 obyektga suv purkagich oʻrnatilgan
Avtotransport:
- Yukni ochiq tashigan 837 haydovchi
- Atmosferaga zarar yetkazgan 206 haydovchi jarimaga tortilgan
Qoʻshimcha ekologik ishlar:
- 77 koʻcha, 165 jamoat joyi namlantirilgan
- 121 km ariqlar tozalangan
- 126 favvora ishga tushirilgan
- 54 noqonuniy qum-shagʻal qazish holati aniqlangan
Havo sifati kunlar davomida yumshab borgan — PM2.5 koʻrsatkichi 24-noyabrdagi 171 mkg/m³ dan 28-noyabrga kelib 97 mkg/m³ gacha pasaygan.
Komissiya maʼlum qilishicha, sovuq antitsiklon tufayli inversiya jarayoni saqlanib turibdi, bu esa havoning tez tozalanishiga toʻsqinlik qilmoqda. Shu bois qisqa muddatli choralar bilan birga, uzoq muddatli ekologik yechimlar ustida ham tizimli ishlar davom etmoqda.
Reydlar kunu tun kuchaytirilgan tartibda davom etadi.