Qonun bilan bir qator qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritildi. Jumladan, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 14, 245, 287-moddalari toʻldirilib, kodeksga yangi 185² va 185³-moddalari qoʻshildi.
185²-moddaning birinchi qismida sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin boʻlgan ashyolarni ulardan kasbiy faoliyatda, sport faoliyatida yoki xoʻjalik-maishiy maqsadlarda foydalanish bilan bogʻliq hollarda, jamoat joylarida ochiq (gʻilofsiz) holda olib yurganlik uchun 111 ming 500 soʻmdan 223 ming soʻmgacha miqdorda jarima jazosi belgilandi.
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjat haqidagi toʻliq maʼlumot bilan www.lex.uz sayti orqali tanishish mumkin.