Sovuq sabab Toshkentda ayrim yoʻnalishdagi mikroavtobuslar harakati toʻxtatildi

    Transport 14 Yanvar 2023 915

    Ayrim yoʻnalishdagi yoʻnalishli mikroavtobuslarni yoqilgʻi bilan taʼminlash imkoni cheklandi.

    Respublika boʻyicha anomal sovuq harorati davom etayotganligi sababli Energetika vazirligi tomonidan aholi xonadonlariga tabiiy gazni yetkazib berish maqsadida bir qator sohalar qatori avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchalari faoliyati qisqa muddatga vaqtincha toʻxtatilshi haqida ogohlantirish berildi.

    Mazkur holatdan kelib chiqib, ayrim yoʻnalishdagi yoʻnalishli mikroavtobuslarni yoqilgʻi bilan taʼminlash imkoni cheklandi.

    Buning natijasida 14,15-yanvar kunlari Toshkent shahrining ayrim yoʻnalishli mikroavtobus yoʻnalishlarida aholiga xizmat koʻrsatish imkoni mavjud emas.

    Hozirda yoʻnalishli mikroavtobuslarni yoqilgʻi bilan taʼminlash yuzasidan barcha choralar koʻrilmoqda, deya xabar beradi Toshkent shahar transport bosh boshqarmasi matbuot xizmati.