28-29-mart kunlari respublika hududi boʻylab yomgʻir yogʻib, togʻli hududlarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) kuzatiladi. Baʼzi joylarida kuchli boʻladi. Momaqaldiroq boʻlishi mumkin.

Bu kunlari respublika hududlarida shamolning tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, baʼzi joylarda 23-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.

29-martda havo harorati kechasi va kunduzi 6-11° iliqacha pasayadi, deb xabar beradi Oʻzbekiston gidrometeorologiya xizmati markazi.