Tuman hokimligi axborot xizmatining xabar berishicha, mazkur yig'ilishda O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripov ishtirok etdi. 
 
– CHegara hududidagi bo'lgan noxush holat ko'p narsalarni qaytadan ko'rib, qaytadan qarashga hammamizni majbur qildi, – dedi A. Aripov. – Bevosita Prezidentimizning topshiriqlari bilan men boshchiligimda vaziyatni o'rganish uchun mutasaddi idoralar rahbarlari etib kelishdi. Birinchi navbatda viloyat rahbari SHuhrat G'aniev va boshqa rahbarlar bu erga zudlik bilan kelib, vaziyatni chuqurlashishiga yo'l qo'ymagan. Bizning oldimizda eng katta mas'uliyat turibdi, bu – So'x tumanidagi muammolarni hal etish va tumanni obod qilish.
 
920__95_2708467346.jpg
 
Sessiya ishida yangi hokimga o'rinbosarlar ham tayinlandi. Ma'murjon Botirov tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag'allikni qisqartirish masalalari bo'yicha birinchi o'rinbosari – iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish bo'limi boshlig'i, Bobosodiq Latipov tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha o'rinbosari vazifasida ish boshladi. 
 
Qosimjon Rahimberdiev So'x tuman ichki ishlar bo'limi boshlig'i etib tayinlandi. U mazkur tumanda tug'ilgan.
 
photo_2020-06-04_12-46-16.jpg