Ochilish marosimda so‘z olgan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, Davlatimiz rahbarining So‘xga va so‘xliklarga bo‘lgan alohida e’tibor va g‘amxo‘rliklari natijasini tumanda bo‘layotgan katta ijobiy o‘zgarishlarda yaqqol his etish mumkinligi, ushbu xalqaro standartlarga mos barpo etilgan ta’lim muassasasi ham bu katta e’tiborning bir mevasi ekanini qayd etdi.
Mazkur maktab investisiya dasturi asosida 13 milliard so‘m mablag‘ hisobiga qurib bitkazildi.
Ta’lim maskani 330 o‘rinli bo‘lib, unda 25 ta zamonaviy jihozlangan sinf xonasi, kompyuter zali, 30 o‘rinli kutubxona, sport zali, faollar zali hamda 70 o‘rinli oshxona mavjud.