Yerlik aholi tabiatan mehnatkash insonlar emasmi, ular yetishtirayotgan noyob va kamyob boʻlgan zaʼfaron bugun eksportbop mahsulot sifatida tumanning tashrif qogʻoziga aylanmoqda.
2022-yilda yaxshi niyat bilan 5 gektar yer maydoni zaʼfaron yetishtirish uchun ajratilgan edi. Dastlabki yilda 5 kilogramm hosil olingan boʻlsa, oradan ikki yil oʻtib, 20 kilogrammdan ortdi. Tumanda zaʼfaron parvarishining yoʻlga qoʻyilgani nafaqat qimmatbaho mahsulot olish, balki chekka hududda mavsumiy yangi ish oʻrinlarini yaratish, aholining daromad manbaini kengaytirish imkonini berdi. Oʻtgan yilda hosilni yigʻishtirib olishga 40 nafarga yaqin fuqaro jalb etilgan boʻlsa, hozir 10 dan ortiq xotin-qizlar sotuvga tayyorlanayotgan mahsulotni qadoqlashmoqda.
Endilikda Soʻx zaʼfaroni ichki bozordan tashqari, xorijiy davlatlarga ham sotilmoqda. Jumladan, Kuvayt davlatiga 20 kilogramm mahsulot yetkazib berish uchun 300 ming AQSH dollarlik shartnoma imzolandi.
Ayni kunlarda maxsus qadoqlangan zaʼfaronni hamkor davlatga yuborish ishlari boshlandi.