Qayd etilishicha, ushbu hududda joylashgan xarob holatga kelib qolgan bino qayta taʼmirlanib, yangi kutubxona, mushoira xonasi, mehmonxona barpo etiladi.

Ayni damda ushbu maskanda taʼmirlash ishlari boshlangan. Bino Navoiy tavallud topgan kunda foydalanishga topshiriladi. Markaz barcha kerakli mebel va kompyuter jihozlari bilan taʼminlanadi.