So‘xliklar uchun tibbiyot yo‘nalishida 100 ta ko‘shimcha grant ajratilgan

    Farg‘ona viloyatining So‘x tumani yoshlari uchun bakalavriatning kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha davlat granti asosida 500 ta qo‘shimcha qabul o‘rinlari belgilangan.

    Bu o‘rinlarning beshdan bir qismi tibbiyot yo‘nalishiga to‘g‘ri kelmoqda.

    Ya’ni, so‘xliklar uchun Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutiga 100 ta qo‘shimcha kvota ajratilgan.