Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo'linmalari xodimlari tomonidan o'tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlar natijasida, mazkur jinoyatni Farg'ona viloyati, Qo'qon shahrida yashovchi 19 yoshli A.K. sodir etganligi aniqlangan.

Unga ko'ra, A.K., jabrlanuvchi V.L. bilan telegram messenjerida tanishib, unga arzon narxda “PUBG” akkauntini sotishi haqida aldab o'zining foydalanuvida bo'lgan bank kartasiga oldindan 680.000 so'm miqdoridagi pul mablag'larini o'tkazdirib olgan va yozishmalarni o'chirib yuborib, pullarini o'z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan O'zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, A.K.ning sodir etilib, fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish maqsadida tergov, tezkor-qidiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Qonunga muvofiq, O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.