Bu yigit tadbirkor D.Sodiqova bilan tanishib qoladi hamda uning xususiy bogʻcha ochish niyatida yurganligidan xabar topgan. Unga dastlab Departamentning Fargʻona viloyat boshqarmasi xodimi ekanligini aytib, imtiyozli kredit olishida yordam berishligini bildirgan. Hatto tadbirkor bilan bu masalada Toshkent shahriga borib, bir qator yuqori idoralarga kirgan.

Keyinchalik u DXXning Oltiariq tuman boʻlimi tezkor xodimi degan soxta guvohnoma yasab, tadbirkor tanishiga shu idorada ishlashligini maʼlum qilgan. Qalbaki guvohnomaga D.Sodiqovaning yakka tadbirkorlik muhrini unga bildirmasdan bosib oladi. Albatta, bu bejizga emas edi. Ishxonada hayfsan olganligi va oylik ish haqi kam chiqqanligini D.Sodiqovaga aytib aldab, undan 600 ming soʻm olgan va shaxsiy ehtiyoji uchun ishlatib yuborgan.

Firibgarning tuzogʻiga yana bir oʻlja ilindi. Sh.Sultonova bilan joriy yilning yanvar oyida Fargʻona shahrida uchrashib qolib, oʻzini “Temur” deb tanishtirgan. U singlisining tugʻilgan kuniga tillo taqinchoq olib berishi uchun 100 dollar berib turishligini soʻrab, undan yonida boʻlgan 875 ming soʻm pulni olgan. Shuningdek, Sh.Sultonovadan onasining betobligini aytib 500 ming soʻm, narxi 2 million 400 ming soʻm boʻlgan uyali telefonini ham olib, telefonni sotib yuborgan.

Afsuski, bu firibgarning nayranglari uzoqqa bormadi. Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan uning jinoyati fosh etilib, qalbaki xizmat guvohnomasi ashyoviy dalil sifatida olindi.

Mazkur ish jinoyat ishlari boʻyicha Yozyovon tuman sudida koʻrib chiqilib, H. Yunusjonovga nisbatan tegishli jazo tayinlandi.