Soxta havola orqali firibgarlik qilgan shovvoz qoʻlga olindi

    Firibgar soxta havola orqali Toshkent shahrida yashovchi 39 yoshli ayolning bank kartasidan 4.949.000 soʻm miqdoridagi pul mablagʻlarini oʻzlashtirib oldi.

    Bu haqda IIV TQD Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.

    Qayd etilishicha, fuqaro S.G kartasidagi pul mablagʻlari nomaʼlum shaxs tomonidan oʻzlashtirib olingani boʻyicha IIOga murojaat qilgan.

    Murojaatga asosan tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik boʻlinmalari xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Toshkent shahrida yashovchi 42 yoshli Н.А. sodir etganligi aniqlandi.

    Gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan Н.А. Internet foydalanuvchilariga Telegram messenjeri orqali turli xil mazmundagi xabarni (havola) joʻnatib, ularning bank karta maʼlumotlarini qoʻlga kiritish orqali kartalaridagi pul mablagʻlarini oʻgʻirlab, qingʻir yoʻllar bilan boylik orttirib kelayotganligi maʼlum boʻldi.

    Mazkur holat yuzasidan Н.А.га nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 169 moddasi 3 qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

    Eslatib oʻtamiz, qonunga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169 moddasi 3 qismi «b» bandidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5-yildan 8-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.