Soxta havola orqali odamlarni chuv tushirgan firibgar ushlandi

    Namanganlik 32 yoshli fuqaroning bank kartasidan 5 mln. soʻm oʻgʻirlagan firibgar ushlandi.

    Bu haqda Bu haqda IIV TQD Kiberxavfsizlik markazi matbuot xizmati xabar berdi.

    IIB ga kelib tushgan murojaatga asosan tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik boʻlinmalari xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Namangan viloyatida yashovchi 23 yoshli Х.B. sodir etganligi aniqlandi.

    Maʼlumotlarga koʻra, firibgar internet foydalanuvchilariga Telegram messenjeri orqali turli xil mazmundagi xabarlar (havola) joʻnatib, ularni qiziqtirib, bank karta maʼlumotlarini qoʻlga kiritish orqali bank kartalarida saqlangan pullarni oʻgʻirlab, qingʻir yoʻllar bilan boylik orttirib kelayotganligi maʼlum boʻldi.

    Mazkur holat yuzasidan firibgar Х.B.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

    Eslatib oʻtamiz, qonunga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “b” bandidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5-yildan 8-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.