Soxta pul sochgan shaxs va haydovchiga chora koʻrildi

    Fargʻona viloyati Qoʻqon shahrida yoʻlda tanasini avtomobil lyukidan chiqarib, soxta pul sochgan shaxs va haydovchiga chora koʻrildi.

    Bu haqda IIV Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.

    Haydovchilik guvohnomasi boʻlmay turib transportni boshqargan hamda guruh boʻlib harakatlangan haydovchilarga maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

    Qayd qilinishicha, “yoʻl harakati qoidalari va jamiyatda yurish-turish qoidalarini buzganlarga” nisbatan toʻplangan hujjatlar sudga yuborilgan.

    Jinoyat ishlari boʻyicha Qoʻqon shahar sudi qarori bilan tanasini avtomobil lyukidan chiqarib, soxta pul sochgan shaxs 15 sutkaga, ushbu transportni boshqargan haydovchi 10 sutkaga qamaldi.