Tekshiruvda “Z.G.” MCHJ norasmiy rahbari A.T. va “A.P.” MCHJ rahbari A.lar oʻzaro til biriktirib, “A.P.” MCHJning kredit qarzdorligini yopish uchun “N.P.” MCHJni tashkil qilishib, bank filialidan “Z.G.” MCHJga tegishli Zangiota tumanidagi bino-inshootlarni bank krediti asosida sotib olish uchun ajratilgan 1,5 mlrd soʻmning 1 mlrd soʻmini “A.P.” MCHJning qarzdorligini qoplashga yoʻnaltirib, qolgan 500 mln soʻmini shaxsiy ehtiyojlariga sarflab yuborganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) va 179-moddasi (soxta tadbirkorlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.