Xususan, Ichki ishlar vazirligi Kiberxavfsizlik markazi tomonidan o'tkazilgan internet monitoringi davomida, internet-firibgarlari tomonidan o'zlarining bu kabi jinoiy maqsadlarini amalga oshirishlari uchun “Click” MCHJning rasmiy veb-saytiga o'xshash bo'lgan resurs faoliyatini yo'lga qo'yib, uning imkoniyatlaridan foydalanib kelayotganligi aniqlandi.

Mazkur «feyk» resurs orqali ro'yxatdan o'tmasdan turib, 13 mln. so'mni olishi mumkinligi, buning uchun foydalanuvchilarning telefon raqami va unga bog'langan bank plastik kartasi ma'lumotlari (karta raqami, amal qilish muddati) hamda sms tariqasida kelgan tasdiqlash kodini kiritishlari talab etiladi.

Natijada, katta mablag'ga ega bo'lish istagida bo'lgan foydalanuvchi tasdiqlash kodini «feyk» resursga kiritishi bilan internet-firibgar tomonidan bank plastik kartasini boshqarish huquqini qo'lga kiritilishiga va undagi mablag'larni noqonuniy ravishda egallanishiga shart-sharoit yaratadi.

IIV Kiberxavfsizlik markazi