Bojxona organlari xodimlari tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idora vakillari bilan hamkorlikda soxta valyutalar aylanmasiga qarshi kurashish maqsadida muntazam tezkor tadbirlar oʻtkazib kelinmoqda.

Ana shunday holatlarning navbatdagisi Toshkent hamda Namangan viloyatlariKontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi boʻlimi, Bosh Prokuratura huziridagi Iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurashish departamentining, Toshkent va Namangan viloyati boʻlimi xodimlari bilan hamkorlikda Namangan viloyati Uchqoʻrgʻon tumani hududida tezkor tadbir oʻtkazildi.

Tadbir davomida, yuqorida koʻrsatilgan hududda fuqaro qalbaki boʻlgan 8 950 AQSH dollarini “shartli xaridor”ga haqiqiy boʻlgan 4500 AQSH dollariga ayriboshlayotgan vaqtida toʻxtatib qolindi.