“Soyuz” gaz quvuri portladi

    Rossiya FVV xabarida aytilishicha, hech kim jabrlanmagan

    Rossiyaning Orenburg viloyatida “Soyuz” gaz quvuri portladi.

    Halokat viloyatning Ileks tumanidagi Murxanova qishlogʻi yaqinida yuz berdi. Rossiya FVV xabarida aytilishicha, hech kim jabrlanmagan.

    Portlash natijasida bosim pasayib ketgan va Qozogʻistonga gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatilgan. Soʻnggi xabarlarga qaraganda, ayni paytda gaz yetkazib berish yana boshlangan.

    Gaz quvuridagi portlash tufayli Ilek tumanida favqulodda holat eʼlon qilindi.