Koinot kemasining gumbazli oynasi orqali olingan videoda ekipaj Yerning qutblaridan biri ustidan uchib o'tayotganini ko'rish mumkin.
“Dragondan Yerning qutb mintaqalarining birinchi ko'rinishi”, deyiladi SpaceX bayonotida.
Ekipaj a'zolaridan biri, missiya rahbari Chun Van ham Antarktidaning 460 kilometr balandlikdan olingan aqlbovar qilmaydigan surati bilan bo'lishdi.
“Salom, Antarktida! Oldingi bashoratlardan farqli o'laroq, 460 kilometrdan u oddiygina oq rangda, hech qanday inson faoliyati ko'rinmaydi”, deb yozdi u.
Fram2 xususiy missiyasi 31-mart kuni Falcon 9 raketasi orqali uchirilgan. Crew Dragon Resilience kapsulasi bortida to'rt nafar ekipaj a'zosi bilan qutb orbitasiga chiqdi. Missiya uchun 22 ta ilmiy tajriba rejalashtirilgan. Ulardan biri birinchi marta tortishish kuchi mavjud bo'lmagan sharoitida qo'ziqorinlarni yetishtirishga urinish, shuningdek, mikrogravitatsiyaning odam tayanch-harakat tizimiga ta'sirini o'rganishni o'z ichiga oladi, deb xabar beradi korrespondent.net.