Raketa 7-oktabr kuni Floridadagi kosmodromdan havoga ko'tarildi. Bu haqda Space.com xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, oldingi missiyalardan farqli ravishda Falcon 9 ning birinchi bosqichi Yerga qaytmadi, chunki Herani koinotga jo'natish uchun barcha energiya sarflandi.
Bu raketaning 23-parvozi bo'lib, u ilgari ko'plab muhim missiyalar, jumladan, Starlink va Transporter dasturlari, shuningdek, NASA astronavtlari bilan parvozlarni amalga oshirdi.
Ikkita kichikroq sun'iy yo'ldosh – Milani va Juventasga hamrohlik qiluvchi Hera koinot zondi 363 million yevro turadi.
U 2022-yilda asteroidga ataylab urilib ketish orqali samoviy jismni og'ishiga erishish bo'yicha tajribani muvaffaqiyatli o'tkazgan DART missiyasi oqibatlarini o'rganish uchun 2026-yilda Dimorf asteroidiga yetib kelishi kutilmoqda, deb xabar beradi korrespondent.net.