SpaceX kemasi sinov parvozi vaqtida Atlantika okeani ustida portlab ketdi

    SpaceXning Starship kemasi Atlantika okeani ustida yettinchi sinov parvozi chog'ida portlab ketdi.

    Milliarder Ilon Maskning kompaniyasi koinotga katta yuk olib chiqishi kerak bo'lgan raketaning yuqori qismini yo'qotdi.

    Voqea haqida Space.com saytida xabar berilgan. Kema yettinchi sinov parvozi chog'ida muammoga duch keldi va uchirilganidan taxminan 8,5 daqiqa o'tib portlab ketdi, dedi kompaniya. SpaceX raketaning yuqori qismini yo'qotdi, ammo pastki qismi Yerga qaytarildi.

    Mahalliy aholi Atlantika okeani ustidagi portlash lahzalari aks etgan videolarni e'lon qila boshladi, deb xabar beradi kz.kursiv.media.