Bu SpaceX kompaniyasi tomonidan yil boshidan beri amalga oshirgan 90-parvozdir, deyiladi kompaniya xabarida.
Raketa 17-sentabr kuni AQShning Sharqiy qirg'og'i vaqti bilan soat 18:50 da Florida shtatidagi Kanaveral burnidagi AQSh koinot kuchlari bazasidagi 40-uchirish majmuasidan havoga ko'tarildi. Taxminan uch yarim soatdan keyin qurilmalar orbitaga chiqarildi.
Qayd etilishicha, 23 ming kilometr balandlikda joylashgan ikkita Galileo FOC FM26 va FM32 sun'iy yo'ldoshlari 2016-yildan buyon Yevropa Ittifoqi va Yevropa koinot agentligi (ESA) tomonidan ishlab chiqilgan Yevropa navigatsiya tizimining global orbital yulduz turkumiga qo'shilgan. Sun'iy yo'ldoshlar bir metrgacha aniqlikdagi ma'lumotlarni taqdim etishi mumkin.
10 milliard evrolik Galileo dasturining maqsadi Amerikaning GPS yoki Rossiyaning GLONASSidan mustaqil yuqori aniqlikdagi joylashishni aniqlash tizimini ishlab chiqishdan iborat.
Raketaning uchirilishi doirasida 22 marta foydalanilgan raketa-tashuvchining qayta ishlatilishi mumkin bo'lgan birinchi bosqichi ajralganidan so'ng Atlantika okeanida joylashgan Just Read the Instructions dengiz platformasiga boshqariladigan vertikal qo'nishni amalga oshirdi, deb xabar beradi korrespondent.net.