SpaceX kosmik sayyohlarni Yerga olib tushdi

    SpaceX kompaniyasining Crew Dragon Korabli birinchi marta toʻliq fuqarolik ekipajining Yer orbitasiga qilgan uch kunlik parvozini yakunladi.

    Floridadagi Kennedi kosmik markazi sohiliga xavfsiz qoʻnishi missiyaning muvaffaqiyatini mustahkamladi, uning maqsadlaridan biri kosmik sayyohlarni koʻproq jalb qilishdir.

    Inspiration4 ekipaji 15 - sentabr kuni NASAning Kennedi markazidan bortda professional kosmonavtsiz koʻtarildi. Sayohat toʻliq avtomatlashtirilgandi.

    Parvoz 575 kilometr balandlikda amalga oshirildi, bu Xalqaro kosmik stansiya joylashgan joydan uzoqroq. U 420 kilometr balandlikda joylashgan.

    Kema bortida toʻrt kishi, shu jumladan milliarder Jared Ayzekman ham boʻlgan. U kosmos hamma uchun ochiq boʻlishi kerak boʻlgan loyihani amalga oshirib, parvoz uchun pul toʻlagan. Undan tashqari ekipaj tarkibida geolog Sian Proktor, harbiy havo kuchlari faxriysi Kris Sembroski va sogʻliqni saqlash xodimi Xeyli Arseno bor edi. Ular olti oy davomida tayyorgarlik koʻrgan va parvoz paytida vaznsizlikning inson tanasiga taʼsirini oʻrganish singari bir qancha tajribalar oʻtkazgan.

    SpaceX bilan tuzilgan bitim miqdori oshkor qilinmagan. Bu missiya xayriya xarakteriga ham ega edi. Milliarder boshqa xayriya tadbirlari qatorida, saraton kasalligini davolashga ixtisoslashgan Amerika bolalar shifoxonalaridan biriga 200 million dollar yigʻishni rejalashtirmoqda.