SpaceX raketasi Indoneziyaning aloqa sun'iy yo'ldoshini orbitaga olib chiqdi

    Seshanba kuni Amerikaning Falcon 9 raketasi Indoneziyaning yuqori sig'imli telekommunikatsiya sun'iy yo'ldoshi Merah Putih 2 (HTS-113BT) ni orbitaga muvaffaqiyatli olib chiqdi.

    Su'iy yo'ldosh Florida shtatidagi Kanaveral burnidagi AQSh koinot kuchlari bazasining 40-uchirish maydonchasidan AQShning Sharqiy qirg'og'i vaqti bilan soat 15:11 da uchirildi. Taxminan 34 daqiqadan so'ng sun'iy yo'ldosh belgilangan orbitaga olib chiqildi.

    PT Telkom Satelit Indonesia (Telkomsat) kompaniyasining 4 tonnalik qurilmasi aloqa xizmatlarini, raqamli eshittirishni, yuqori tezlikdagi Internetga ulanishni, shuningdek Indoneziyada C va Ku diapazonlarida ma'lumotlarni uzatishni ta'minlash uchun mo'ljallangan bo'lib, soniyasiga 32 gigabayt o'tkazuvchanlikni ta'minlaydi.

    Bu Indoneziya arxipelagidagi minglab orollar bilan aloqani yaxshilaydi, deb xabar beradi report.az.