“23 ta Starlink sun'iy yo'ldoshining uchirilishi tasdiqlandi”, deyiladi xabarda.

Raketa AQShning Sharqiy qirg'og'i vaqti bilan 23:01 da Florida shtatidagi Kanaveral burnidagi SLC-40 uchirish majmuasidan havoga ko'tarildi.

Qayd etilishicha, bu Starlink loyihasi doirasida yil boshidan buyon 63-parvozdir. Hammasi bo'lib SpaceX orbitaga 5,6 mingdan ortiq transport vositasini olib chiqdi. 5,2 mingdan ortiq sun'iy yo'ldosh orbitada ish olib bormoqda, deb xabar beradi lenta.ru.