SpaceX turistlarni Crew Dragon fazoviy kemasida orbitaga olib chiqdi

    Milliarder Ilon Maskka tegishli Amerikaning SpaceX kompaniyasi turistlarni Crew Dragon fazoviy kemasida orbitaga olib chiqdi.

    Fram 2 missiyasi ekipaji birinchi marta Yer qutblari ustidan 425-450 kilometr balandlikda uchib o'tadi, deya xabar beradi kompaniyaning X ijtimoiy tarmog'idagi profili.

    Parvozning bosh homiysi xitoylik tadbirkor va tadqiqotchi mal`talik Chun Van bo'ldi. U parvoz uchun qancha pul sarflagani noma'lum.

    Shuningdek, ekipaj tarkibida norvegiyalik rejissyor Yannike Mikkelsen, avstraliyalik tadqiqotchi Erik Filips va germaniyalik birinchi ayol kosmonavt Rabea Rogge ham bor. Bu ularning birinchi parvozidir.

    Missiya uch kundan besh kungacha davom etadi. ekipaj a'zolari STIV deb nomlanuvchi qutb yog'dusiga o'xshash atmosfera hodisasini o'rganishadi, koinotda rentgen tasvirlarini olishadi va parvozning sog'liqqa ta'sirini baholaydi, deb xabar beradi kommersant.ru.