SpaceX Turkiyaning sun'iy yo'ldoshini koinotga olib chiqdi

    Bortida Turkiyada ishlab chiqarilgan Turksat 6A aloqa sun'iy yo'ldoshi bo'lgan Falcon 9 raketa-tashuvchisi Florida shtatidagi Kanaveral burnidagi AQSh koinot kuchlarining kosmodromidan havoga ko'tarildi.

    Raketaning uchirilishi amerikalik tadbirkor Ilon Maskga tegishli SpaceX saytida namoyish etildi.

    FOX 35 telekanalining xabar berishicha, raketa mahalliy vaqt bilan soat 19:30 da uchirildi. Bu raketaning birinchi bosqichi uchun 15-parvoz bo'ldi. Falcon 9 allaqachon koinotga sakkizta Starlink fazoviy kemasini olib chiqqan.

    Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog'an raketa uchirilganini ma'lum qildi.

    Taxminlarga ko'ra, uchirilgan sun'iy yo'ldosh tarmoq qamrovini Hindiston, Tailand, Malayziya va Indoneziya hududlarigacha kengaytiradi.

    Bu Falcon 9 raketasining joriy yilda kointga 68, umumiy hisobda 353 bor uchirilishidir, deb xabar beradi iz.ru.