Uchirish sharqiy sohil vaqti bilan 09:41da Florida shtati, Kanaveral burnida joylashgan kosmodromdan amalga oshirildi.
Falcon 9ning ikkita yon kuchaytirgichi yerdan taxminan 29 kilometr balandlikda raketaning asosiy qismidan sinxron ravishda ajralib chiqdi, bir necha daqiqadan so‘ng dvigatellarini qayta ishga tushirdi va deyarli bir vaqtning o‘zida ikkita maydonchaga qo‘ndi.
SpaceX mutaxassislari raketaning birinchi qismini Atlantika okeaniga cho‘ktirishga qaror qilishdi.
Uchirish AQSH kosmik kuchlari manfaatlarini ko‘zlab amalga oshirildi, tafsilotlar oshkor etilmadi. Ikkita ishga tushirilgan qurilma haqida ma’lum qilingan. Birinchisi, maxfiy sun’iy yo‘ldosh bo‘lib, uning maqsadi, xususiyatlari va nomi aytilmagan. Ikkinchisi TETRA-1 — tadqiqot olib boruvchi mikrosputnikdir.
Falcon Heavy — bu SpaceX tomonidan ishlab chiqarilgan birinchi qism va yon kuchaytirgichlarni qayta ishlatish imkoniyatiga ega o‘ta og‘ir tashuvchi, jahon kosmik raketasozlik tarixidagi eng yirik raketalardan biridir.
Ilk uchirilgan paytda u foydalanishga topshirilgan eng og‘ir yuk ko‘taruvchi, kuchli raketa edi. Falcon Heavy, shuningdek, muvaffaqiyatli uchadigan raketalar orasida asosiy dvigatellar soni bo‘yicha mutlaq rekordga ega.