“Spark”dagi pirotexnikalar fosh boʻldi

    Mazkur avtomashina saloni va yukxonasida xorijda ishlab chiqarilgan va bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtganligini tasdiqlovchi hujjatlari boʻlmagan, dastlabki qiymati 40,5 mln. soʻmlik jami 29284 dona 4 turdagi pirotexnika vositalari borligi aniqlandi.

    Bojxona organlari tomonidan mamlakatimizga pirotexnika vositalarining noqonuniy ravishda kirib kelishiga qarshi tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

    Jumladan, Fargʻona viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi boʻlimi xodimlari tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, “Vodil-Margʻilon” yoʻnalishida harakatlanayotgan fuqaro X.S. boshqaruvidagi “Spark” rusumli avtomashina kuzatuvga olinib, Fargʻona shahri hududida toʻxtatilib, xolislar ishtirokida koʻzdan kechirildi.

    Natijada, mazkur avtomashina saloni va yukxonasida xorijda ishlab chiqarilgan va bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtganligini tasdiqlovchi hujjatlari boʻlmagan, dastlabki qiymati 40,5 mln. soʻmlik jami 29284 dona 4 turdagi pirotexnika vositalari borligi aniqlandi.

    Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.