Bu bo‘yicha Prezidentning “Yangi O‘zbekiston yoshlarI – 2030” strategiyasini 2026–2027 yillarda amalga oshirish hamda yoshlar bandligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori (PQ–148-son, 20.04.2026 y.) qabul qilindi.
Buning uchun kasb-hunar ustaxona-laboratoriyasini tashkil etish istagini bildirgan tashabbuskorga BHMning 1 200 baravarigacha miqdorda 6 oylik imtiyozli davr bilan 3 yilgacha muddatga foizsiz ssuda ajratiladi.
2026 yildan tijoratlashtirish salohiyati yuqori bo‘lgan startap loyihalar asosida yangi mahsulotlar va texnika-texnologiyalarni yaratish uchun davlat texnikumlari huzurida “spin-off” korxonalarini tashkil etishga ruxsat beriladi. Bunda:
korxonalar ustav fondidagi davlat ulushini 5 yil muddat davomida xususiylashtirish man etiladi;
tegishli muassasalarning bo‘sh turgan bino va inshootlaridagi maydonlar 5 yildan ortiq bo‘lmagan muddatga ijaraga beriladi;
Bundan tashqari, “spin-off” korxonalariga texnikum o‘quvchilarining startap loyihalarini amalga oshirish uchun Kasbiy ta’limni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 1 mlrd so‘mgacha grant ajratiladi.