“Oʻz oldiga buyuk maqsadlar qoʻygan xalq faqat sogʻlom va baquvvat boʻlgan taqdirdagina koʻzlagan marralariga erisha oladi. El-yurtning sogʻlom boʻlishi, ulkan ishlarga qodir boʻlishida esa, hech shubhasiz, jismoniy tarbiya va sportning ahamiyati beqiyos.
Bugun biz dunyoga ochiq, ijtimoiy va iqtisodiy rivojlangan davlat – Yangi Oʻzbekistonni barpo etish boʻyicha oʻz oldimizga katta maqsadlar qoʻymoqdamiz.
Har bir inson, har bir ota-onaning orzusi va niyati jismoniy va maʼnaviy barkamol avlodni tarbiyalashdir. Bunga esa jismoniy tarbiya va sportsiz erishib boʻlmaydi.
Bir soʻz bilan aytganda, sport – sogʻlom xalq, sogʻlom jamiyatning tayanch ustunidir. Shu bilan birga, sport – bu avvalo tinchlik elchisi, har bir davlat uchun milliy gʻurur manbai”, — dedi davlatimiz rahbari soʻzining avvalida.