Bor sport maydonchalari va bolalar oʻyingohlari, uylar orasidagi yashil hududlar qurilish uchun berib yuborilayotganidan odamlar norozi.
Misol uchun, barcha koʻp qavatli uylarga tutash hududlarni boshqaruv kompaniyalariga biriktirib berish boʻyicha topshiriq berilgan. Lekin, Toshkent shahri hokimining 5-maydagi qarori bilan 9 ming 802 ta koʻp qavatli uylarning faqatgina bino ostidagi yerlari kadastr bilan biriktirilgan.
“Maqsadi bitta – qolgan yerlarni qurilish qilish uchun tadbirkorlarga sotish! Qani topshiriq nazorati? Qani qonunning kuchi?” – dedi Prezident.
Bosh prokuror oʻrinbosari S.Samadovga, adliya vaziri A.Toshqulovga “Oʻzbekkosmos” va Kadastr agentligi bilan birgalikda qaysi hududda “yashil” hudud, sport maydonchasi, bolalar oʻyingohi boshqa maqsadlar uchun berib yuborilgan boʻlsa, hammasini aniqlab, joyiga qaytarish topshirildi.
Koʻp qavatli uylarga tutash hududlarni boshqaruv kompaniyalariga berish boʻyicha hokimlarning qarorlarini oʻrganib, qonunga zidlarini bekor qilish vazifasi qoʻyildi.









