Sport taʼlim muassasalarida taʼlim jarayonlari oʻquvchilarning ota-onalari (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar)ning xohish-istaklaridan kelib chiqib, anʼanaviy yoki onlayn (masofaviy) shaklda tashkil etiladi.

Sport taʼlim muassasalarida oʻqishni anʼanaviy shaklda davom ettirish istagini bildirgan oʻquvchilarning ota-onalari (yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar)dan yozma rozilik talab etiladi, shuningdek, oʻquvchilarga, sogʻligʻi toʻgʻrisida maʼlumotnomani taqdim etishi hamda ularning ota-onalaridan yozma rozilik olingandan soʻng, oʻqishga kelishlariga ruxsat beriladi.

Joriy yilning 20-sentyabridan boshlab boshqa sport bazalarda (oromgoh, sanatoriya) tasdiqlangan sanitariya-gigiyena qoidalari va meʼyorlariga qatʼiy amal qilgan holda tegishli tashkilotlarning ruxsati bilan oʻquv-mashq yigʻinlarini tashkil etishga ruxsat etiladi.

 

Sport taʼlim muassasalari trener-oʻqituvchilari tomonidan oʻzlariga biriktirilgan oʻquvchilarga sport mashgʻulotlari jadvalidan kelib chiqib, sport turlari boʻyicha amaliy mashgʻulot vazifalarini vazirlikning rasmiy veb-saytiga joylashtirilgan videoroliklar koʻrinishida onlayn (masofaviy) shaklda berib borish va berilgan vazifalar hamda normativlarni oʻquvchilar tomonidan bajarilishini nazorat qilib borish yoʻlga qoʻyilmoqda.

Ishchi guruh sport taʼlim muassasalarining 2020/2021 oʻquv yili jarayoni va oʻquv-mashq yigʻinlarini tasdiqlangan sanitariya-gigiyena qoidalari va meʼyorlariga qatʼiy amal qilgan holda tashkil etilishini joyiga chiqqan holda oʻrganadi va doimiy ravishda nazorat qiladi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati