Sport zali yoʼq maktablarda “Jismoniy tarbiya“ fani qisqartiriladi

    Sport zali mavjud boʼlmagan umumiy oʼrta taʼlim muassasalari 1–11-sinflarida qishki davrda “Jismoniy tarbiya“ fani darslari haftasiga 2 soatdan 1 soatga kamaytiriladi.

    Xalq taʼlimi vazirligining "Umumiy oʼrta taʼlim maktablari uchun 2021-2022-oʼquv yiliga moʼjallangan tayanch oʼquv rejani tasdiqlash toʼgʼrisida"gi buyrugʼida bu haqda maʼlum qilingan.

    Unda, cport zali mavjud boʼlmagan umumtaʼlim muassasalarida “Jismoniy tarbiya” fani qishki davr dekabrь, yanvarь, fevralь oylarida 1-11-sinflarda haftasiga 1 soatdan oʼqitilishi aytilgan.