Sportchi xotini va farzandini nega kaltakladi?

    Toshkent shahar Yangihayot tumanida sportchi erkak o‘z xotini va bolasini ayovsiz kaltaklagani haqida xabarlar tarqaldi. Poytaxt ichki ishlar bosh boshqarmasi mazkur xabar yuzasidan maʼlumot berdi.

    Maʼlum qilinishicha, 23-mart kuni soat 17:00 larda 1990-yilda tug‘ilgan T.X. tortishuv sababli turmush o‘rtog‘i 1995-yilda tug‘ilgan T.D.ni urib tan jarohati yetkazgan. Shundan so‘ng erkak 25 mart kuni 2016 yilda tug‘ilgan farzandi T.X.ni urgan, jabrlanuvchi hodisa oqibatida tan jarohati olgan.

    Mazkur holat yuzasidan Yangihayot tumani IIO FMB Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 109-moddasi (qasddan badanga yengil shikast yetkazish) va 110-moddasi (qiynash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan. Holat yuzasidan tergov davom etmoqda.