Musobaqada 44 ta davlatning 600 nafardan oshiq sportchilari qatnashdi. Ushbu jahon chempionatida milliy terma jamoa aʼzolari musobaqani ikkinchi kunidan boshlashdi.
Sportni rivojlantirish vazirligi xabariga koʻra, Bahrom Boymirzayev va Shamshod Qobilov oltin, Andrey Federov kumush hamda Farhod Bahriyev bronza medallariga ega chiqishdi. Shu tariqa, terma jamoamiz 2 ta oltin, 1 ta kumush, 1 ta bronza, jami 4 ta medalni koʻlga kiritdi.