Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati maʼlum qildi.

Taʼkidlanishicha, 2022-yilning 20-21-oktyabr kunlari soat 08:00 dan 14:00 ga qadar Boʻstonliq tumani Toshkent-Chorbogʻ yoʻnalishining 34-kmdan boshlab 47-km. ga qadar, 22-oktyabr kuni soat 08:00 dan 14:00 ga qadar 34-kmdan 75-km. ga qadar avtotransport vositalari harakati cheklanadi.