“Sputnik V” va Astra-Zeneca vaksinalari ikki bosqichli emlanishda yuqori darajada immunitet hosil qiladi

    Salomatlik 7 Iyun 2021 767

    Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi axborot xizmati rahbari Furqat Sanayev maʼlum qildi.

    “Sputnik V” va Astra-Zeneca vaksinalari ikki bosqichli emlanish bilan inson organizmida yuqori darajada immunitet hosil qilinishiga yordam beradi.

    Oʻzbek - Xitoy vaksinasida esa toʻliq uch bosqichda emlangandan soʻng inson organizmida yetarlicha antitanacha hosil boʻlishiga erishish mumkin.

    Ikki oy mobaynida 2 million 069 ming 518 doza vaksina qoʻllanilgan boʻlsa, shundan 348 ming 302 nafar kishi toʻliq bosqichlarda emlanib boʻlindi.

    AstraZeneca bilan 321 ming 906 nafar kishi,

    ZF-UZ-VAC2001 bilan 494 nafar kishi,

    “Sputnik V” vaksinasi bilan esa 25 ming 902 nafar kishi barcha bosqichlarda toʻliq emlandi.