“Ishlab chiqaruvchilar mahsulotni koʻpaytirishga harakat qilmoqda, chunki yetkazib berish zanjiri katta miqdordagi vaksina uchun tayyor emas. Biz ishlab chiqarishni kengaytirmoqdamiz, allaqachon Rossiyadagi oʻrta reaktorlardan yiriklariga oʻtdik”, dedi u CNBCga bergan intervyusida.

Dmitriyev vaksinani Hindiston, Braziliya, Xitoy, Janubiy Koreyada ishlab chiqarish rejalashtirilgani, bundan tashqari boshqa mamlakatlar bilan bu borada muzokaralar olib borilayotganini taʼkidladi.

Jamgʻarma rahbarining soʻzlariga koʻra, dekabr oyida preparatni ishlab chiqarish hajmi juda katta boʻladi va kelgusi yilda u 500 million dozani (Rossiyada va chet elda) tashkil qiladi.